Samarqandda tabiatga 60 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
2026-03-31 12:30:00 / Yangiliklar

Reyd davomida Pastdarg‘om tumani Elbek "MFY" hududidan oqib o‘tuvchi sel yo‘lidan huquqbuzarlar D. S. va J. E. tomonidan o‘z boshqaruvida bo‘lgan ekskavator yordamida noqonuniy tarzda qora qum aralashmasi qazib olinib, yuk tashuvchi mashinalarga yuklanayotganligi aniqlandi.
Qonunbuzarlik natijasida tabiatga 63 million so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi hisoblandi. Shuningdek, holat yuzasidan MJtKning 70-moddasi prim1-qismiga asosan huquqbuzarlarning har biriga BHMning 30 barobari (12 mln 360 ming so‘mdan) miqdorida jarima qo‘llanildi. Texnika vositasi esa vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Hozirda huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilmoqda.


