Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi “Xalq reytingi-2025”da yilning eng faol qo‘mitasi deb topildi
2026-03-29 12:30:00 / Yangiliklar

Natijalarga ko‘ra, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi 2025-yilning eng faol qo‘mitasi deb topildi. Shuningdek, Turizm qo‘mitasi ikkinchi, Soliq qo‘mitasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Bundan tashqari, vazirlar orasida Sherzod Shermatov, viloyat hokimlari orasida Erkinjon Turdimov, Toshkent shahri tumanlari hokimlari orasida Nilufar Allabergenova, partiya rahbarlari orasida "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov, agentliklar orasida Davlat xizmatlari agentligi, davlat kompaniyalari orasida "O‘zbektelekom", sport tashkilotlari orasida esa O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi eng faollari deya e'tirof etildi.
Ekologiya qo‘mitasi ishonch uchun yurtdoshlarimizga o‘z minnatdorligini bildiradi va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarishda davom etadi.
