Daraxtlarni noqonuniy ko’chirganlarga qat’iy chora ko’riladi
2026-03-27 17:05:00 / Yangiliklar
Hududdagi yopiq kollektor hududi o‘rganilganida 108 tup daraxt noqonuniy ko‘chirib o‘tqazilganligi aniqlandi. Daraxtlarning holati o‘rganilganida 107 tup daraxt, ya'ni 12 tup mojjevelnik (archa) hamda 95 tup Eldor qarag‘ayi qurib qolganligi aniqlandi.
Ta'kidlash joizki, bu daraxtlar yuzasidan Toshkent shahar ekologiya bosh boshqarmasiga murojaat qilingan va boshqarma tomonidan rad javobi berilgan. Ammo, shunday bo‘lsa-da, daraxtlar noqonuniy tarzda ko‘chirib o‘tqazilgan.
Huquqbuzarlik natijasida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-noyabrdagi “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 464-son qaroriga ko‘ra, tabiatga 881 million 268 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi hisoblandi.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.
