Toshkent viloyatida noqonuniy chiqindi tashlaganlar onlayn kameralar orqali aniqlanib, chora ko‘rildi
2024-06-24 18:20:00 / Yangiliklar
Holatlar Ekologiya vazirligining Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan oʻrnatilgan onlayn kuzatuv kameralariga muhrlandi.
Xususan, viloyatning Qibray tumani Arg‘un MFY hududida fuqarolar X.I., M.Y. va A.B. belgilanmagan hududga chiqindi tashlab, huquqbuzarlik sodir etishgan. Ularga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarlarning har biriga BHMning 1 barobari — 340 ming so‘mdan jarima belgilandi.
Ma'lumot uchun, onlayn kuzatuv kameralarini respublikamizning barcha hududlariga o‘rnatish rejalashtirilgan. Bu kameralar nafaqat belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlab, bartaraf etishga imkon beradi.