“Sudoche-Akpetki”ning to‘qay mushugi va qum tovushqoni
2026-03-25 11:00:00 / Yangiliklar

To'qay mushugi mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich sutemizuvchi hayvon bo'lib, tashqi ko'rinishi silovsinga o'xshaydi. U uy mushuklari barcha turidan kattaroq: uzunligi 54-94 sm, dumi 30 smgacha va vazni 8-12 kgga etadi. Qushlar, kemiruvchilar va quyonlar bilan oziqlanadi. Oʻrta Osiyodagi daryolarning qirgʻoqboʻyi zonasida, Amudaryoning oʻrta va quyi oqimida, qamishzor va oʻrmonlarda uchraydi.
Qum tovushqoni cho‘l va yarim cho‘l hududlarida yashovchi o‘txo‘r hayvon bo‘lib, o‘simlik ildizlari, poyalari va mevalari bilan oziqlanadi. Bu jonzotlar, asosan, tungi hayot tarzini olib boradi va qum barxanlari orasida uchraydi. O‘zbekistonning cho‘l va qumli hududlarida tarqalgan bo‘lib, cho‘l ekotizimida muhim o‘rin tutadi.
Ma'lumot uchun, "Sudoche-Akpetki" davlat buyurtma qo'riqxonasi 2021-yilda Qoraqalpog'iston Respublikasining Mo‘ynoq va Taxtako'pir tumanlarida tashkil etilgan. Hududda 27 tur hayvonot dunyosi uchraydi, shundan 5 turi O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

