Suv resurslaridan foydalanishda gender tenglikka alohida e'tibor qaratilmoqda
2026-03-22 09:00:00 / Yangiliklar

Asosiy maqsad — har bir inson uchun suvdan teng foydalanish imkonini yaratish va xotin-qizlarni suv resurslarini boshqarish jarayonlariga jalb qilish orqali barqaror kelajakni ta’minlashdir. Bayram BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlaridan 6-maqsad — 2030-yilga qadar barcha uchun suv va sanitariya xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratishga qaratilgan.
Ta'kidlash joizki, O‘zbekistonda suv resurslarini muhofaza qilish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, o‘tgan yili Surxondaryo viloyatidagi Qoratog‘ daryosi, Xondiza, Dashnabodsuy va Lailagansuy soylari, Buxoro viloyatidagi Qoraqir ko‘li, Jizzax viloyatidagi Sangzor daryosi, O‘riklisoy, Usmonlisoy, Yettikechuv va Guralashsoy soylari, jami 10 ta tabiiy suv obyektining suvni muhofaza qilish zonalari va sohil bo‘yidagi mintaqalari belgilandi.
Bundan tashqari, yer usti suv havzalari va oqova suvlar chiqaruvchi korxonalar doimiy monitoring qilib borilmoqda. Sanoat korxonalarida hosil bo‘ladigan oqova suvlarning tabiiy suv havzasiga zararini kamaytirishga e'tibor qaratilmoqda. Qolaversa, suv ishlatish samaradorligini 2030-yilga qadar 25 foizga oshirish maqsad qilingan.
