Rasmiy munosabat!
2026-03-17 17:00:00 / Yangiliklar

"O‘rganish davomida 30-A uy birinchi qavatiga tutash yashil hududda qurilish olib borish, maishiy savdo shaxobchalarini qurish yoki betonlashtirish uchun tegishli tashkilotlardan hech qanday ruxsatnoma olinmaganligi, shuningdek, ekologik ekspertiza xulosasi yo‘qligi ma'lum bo‘ldi", — dedi Mirzo Ulug'bek tuman Ekologiya bo‘limi inspektori Shohjahon Abdurahmonov.
O‘rganishda hududda hech qanday daraxtlarni kesish, yo‘q qilish holati aniqlanmadi. Holat yuzasidan tadbirkorga nisbatan daraxtlarga shikast yetkazmaslik, kesmaslik to‘g‘risida majburiy ko‘rsatma berilib, kafolat xati olindi hamda ogohlantirildi.
Shuningdek, hududdagi barcha mevali va manzarali daraxtlar Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.





