O‘zbekistonda baliq ovlash ma’lum muddatga taqiqlanmoqda
2026-03-10 11:05:00 / Yangiliklar

Bu O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi 627-sonli Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 80-son qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Ta'kidlash joizki, yuqorida qayd etilgan muddatlar baliqlarning ko‘payish davri hisoblanadi. Agar bu davrda baliqlar ovlansa, soni keskin kamayib, ayrim turlar yo‘qolib ketish xavfi tug‘iladi.
Ma’lumot uchun, ushbu qaror sun’iy suv havzalari yoki irrigatsiya tarmoqlarida intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirish, akvakultura faoliyati, shuningdek, qafas, ya’ni sadok moslamalarida baliq yetishtirish va ovlash jarayonlariga tatbiq etilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, taqiqlangan davr va hududlarda baliq ovlash ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
