Kislotali yomg’ir haqidagi xabar — feyk!
2026-03-09 13:00:00 / Yangiliklar

Ta’kidlash joizki, kislotali yog'ingarchilik atmosferada oltingugurt oksidlari (SO₂) va azot oksidlarining (NOₓ) uzoq vaqt to'planishi orqali hosil bo'ladi, ular bulutlardagi suv bug'lari bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadi.
Bunday jarayonlar, asosan, sanoat zonalari va to'g'ridan-to'g'ri tashlamalar chiqadigan hududlarga xosdir. Havo massalari uzoq masofalarga tashilganda, ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi atmosfera turbulentligi, vertikal aralashish hamda quruq va ho'l cho'kma tufayli keskin pasayadi.
Shuning uchun manbadan minglab kilometr uzoqlikda xavfli kislotali yog'ingarchilik konsentratsiyalarini hosil qilish deyarli imkonsizdir. Bundan tashqari, yog'ingarchilikning yuzaga kelishi mahalliy bulut hosil bo'lish jarayonlari bilan belgilanadi va yomg'ir mintaqaning yuqorisidagi atmosferada mavjud bo'lgan suv bug'lari hamda aerozollardan hosil bo'ladi.
Meteorologik kuzatuvlar va havo sifati monitoringiga ko'ra, "kislotali bulutlar"ning O'zbekiston va qo'shni davlatlar hududiga o'tish xavfi yo'q.
