"Yangi daraxt — yangi nafas" respublika ekochempionati o‘tkaziladi
2026-03-07 12:30:00 / Yangiliklar
Ekochempionat "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "2030-yilgacha bo'lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi"da belgilangan vazifalarni bajarish, O'zbekistonda daraxt ko'chatlarini ekish orqali iqlim o'zgarishi va uning oqibatlarini yumshatish, aholi, jumladan, yoshlar o'rtasida daraxt ko'chatlarini ekish tadbirlarini ommalashtirish, aholi orasida daraxt ekish tadbirlarini milliy qadriyat sifatida targ'ib qilish, insonlarning ko'chat ekish bo'yicha bilim va tajribasini oshirish hamda ekologik madaniyatni shakllantirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Chempionat haqidagi to’liq ma’lumot quyidagi havolada: https://t.me/ecogovuz/47533
Chempionatda qatnashish istagida bo'lgan fuqarolar hududiy Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmalariga murojaat qilishlari mumkin.
Hurmatli yurtdoshlar! Ushbu ekochempionatda faol qatnashing va yashillik darajasini oshirishga o’z hissangizni qo’shing.
