Navoiyda “Qizil kitob”ga kiritilgan olako'zan tabiat bag'riga qo'yib yuborildi
2024-06-14 16:55:00 / Yangiliklar
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi Qiziltepa tumani bo‘limiga "Gumbaz" mahallasida yashovchi fuqaro o'zining uyiga noyob jonivor kirib qolganligi haqida xabar beradi.

Shundan so'ng voqea joyiga yetib borgan davlat inspektorlari ushbu noyob jonivor IUCN Qizil ro‘yxati va O‘zbekiston Qizil kitobiga zaif va kamayib borayotgan tur sifatida kiritilgan olako'zan ekanligini aniqladi.
Ma'lumot o'rnida, olako'zan – Qizilqum cho'li, Ustyurt yassi tekisligi, Mirzacho'l va Qarshi cho'li, G'arbiy Tyan-Shan va Pomir-Oloy tog' tizmalarining tog' yonbag'irlari va yuqori kamarlari, Surxondaryoning quyi qismlari uchraydi. Mamlakatimizdagi taxminiy soni 5 mingta atrifida.
Jonivorning sog'ligi tekshiruvdan o'tkazilib, keyin u tabiat bag'riga qo'yib yuborildi.
