JBIC O'zbekistonda ekologik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda
2024-06-13 15:35:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda mehmonlarga mamlakatimizda hukumat tomonidan ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kelgusi rejalar haqida ma’lumotlar berildi.
O‘z navbatida, Yaponiya tomoni ekologiyani yaxshilashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Xususan, kanalizatsiya tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish va chiqindilarni utilizatsiya qilish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar “Yashil Makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo'yicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olishdi.
Yakunda rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti va ularning atrof-muhitga ta’sirini baholash bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.




