O'zbekistonlik yosh olim Jenevada GCYLP xalqaro dasturida ishtirok etadi
2024-06-13 13:10:00 / Yangiliklar

Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) va Huawei kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan Generation Connect Young Leadership (GCYLP) dasturi yosh liderlarni raqamlashtirishga jalb etish va bu borada ularning imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha ish olib boradi.
GCYLP dasturi kelajak uchun keng qamrovli raqamlashtirilgan, uzoq muddatlarga mo'ljallangan innovatsiyon loyihalarni taklif qiladigan butun dunyodagi iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlashni maqsad qilgan.
Har yili dastur tashkilotchilari 30 nafar yosh stipendiatlarga raqamli rivojlanish loyihalarini amalga oshirish uchun tavsiyalar, o'qish imkoniyatlari va moliyaviy ko'mak beradi. Ushbu dastur yordamida yosh liderlar yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etish yoki mavjud loyihani amalga oshirish uchun yuqori imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.
