Aydar-Arnasoyda noqonuniy ov: huquqbuzar katta miqdorda tovon to‘laydigan bo‘ldi
2026-03-02 15:30:00 / Yangiliklar

Reyd davomida 26–27-fevral kunlari 9 dona o‘rdak noqonuniy ovlanganligi aniqlandi. Natijada tabiatga 3 million 708 ming so‘m zarar yetkazilganligi hisoblandi.
Shuningdek, holat yuzasidan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 90-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari — 8 million 240 ming so‘m jarima belgilandi. Huquqbuzar jami 11 million 948 ming so‘m to‘laydigan bo‘ldi.
Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 627-son Qonuniga muvofiq, 1-martdan 15-avgustga qadar respublika hududida ov mavsumi yopilgan. Maqsad biologik resurslarni asrash, yovvoyi fauna vakillarining ko‘payishi davrida ularni muhofaza qilish hamda tabiiy muvozanatni ta’minlashdir. Bu davrda ov qilish amaldagi qonunchilikka muvofiq qat'iy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
