Yovvoyi tabiatni asrashga qaratilgan aksiya o‘tkaziladi
2026-03-02 12:15:00 / Yangiliklar

Tadbirda yoshlar o‘rtasida “Eko-kvest” intellektual o‘yini o‘tkaziladi. Unda Toshkent shahri tumanlaridan jamoalar ishtirok etib, asosiy e’tibor atrof-muhitni, yovvoyi hayvonlar, qushlar, o‘simliklarga g‘amxo‘rlik qilish, yoshlarning bu boradagi ekologik madaniyatini oshirishga qaratiladi. Ishtirokchilar o‘zlarining bu boradagi bilimlarini yanada mustahkamlashadi.
Shuningdek, tadbir davomida yovvoyi fauna vakillarini oziqlantirish, ularga g‘amxo‘rlik qilishga qaratilgan aksiyalar tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlari hayvonot bog‘larida, shu bilan birga boshqa hududlardagi xiyobonlarda ham “Eko-kvest” intellektual o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni aksiyalarda faol ishtirok etishga taklif etamiz. Tabiatga befarq bo‘lmang, hayvonlar, qushlar va o‘simliklarga g‘amxo‘rlik qiling!
