1-martdan O‘zbekistonda ov mavsumi yopiladi
2026-02-27 12:30:00 / Yangiliklar

Ushbu cheklov biologik resurslarni asrash, yovvoyi fauna vakillarining ko‘payishi davrida ularni muhofaza qilish hamda tabiiy muvozanatni ta’minlashga xizmat qiladi.
Ta'kidlash joizki, Ekologiya qo‘mitasi va hududiy boshqarmalar tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda doimiy reyd tadbirlari olib borilmoqda. Taqiqlangan mavsumda ov qilish amaldagi qonunchilikka muvofiq qat'iy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi fuqarolarni ov mavsumi yopiq davrida tabiatga ehtiyotkorona va mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishga chaqiradi.
Shuningdek, noqonuniy ov holatlariga duch kelgan taqdiringizda, 1157, 1207, (71) 207-11-07, (71) 207-11-08 ishonch telefonlari yoki ecogovuz_bot telegram boti orqali va qo‘mitaning hududiy boshqarmalariga murojaat qilishingiz mumkin.
