Andijonda tabiatga 350 million so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
2026-02-25 15:30:00 / Yangiliklar

Reyd davomida Paxtaobod tumani hududidagi Norin–Qoradaryo o‘zanining Shuvoqzor–Boychechak MFY hududida fuqaro tomonidan taqiqlangan usulda — elektr qarmoq yordamida 49 dona baliq ovlanganligi aniqlandi. Baliqlar orasida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Turkiston mo‘ylovdori ham bor.
Eslatma! Elektr yordamida baliq ovlash suv havzalaridagi baliq zaxiralariga jiddiy zarar yetkazib, boshqa suv jonzotlari va ekotizim barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Noqonuniy ov natijasida tabiatga 358 million 440 ming so‘m zarar yetkazilganligi hisoblandi. Huquqbuzardan noqonuniy ov qurollari va jihozlari belgilangan tartibda olib qo‘yildi. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun prokuratura organlariga yuborilmoqda.


