“Bobotog‘"da Buxoro tog‘ qo‘yi noqonuniy ovlanganligi ma'lum bo‘ldi
2026-02-20 12:15:00 / Yangiliklar
Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan navbatdagi tezkor reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd davomida “Bobotog‘" davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida fuqaro T.I. o‘ziga tegishli ov quroli bilan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan bir bosh “Buxoro tog‘ qo‘yi”ni noqonuniy ravishda ovlaganligi ma'lum bo‘ldi.
Natijada O‘zbekiston Respublikasi “Ov qilish va ov xo‘jaliklari to‘g‘risida”gi hamda “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlar talablari buzilgan.
Huquqbuzarlik oqibatida, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-dekabrdagi 649-sonli qarori ilovasiga ko‘ra, hayvonot dunyosiga 412 million so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
