Surxondaryoda noqonuniy daraxt kesgan huquqbuzarga chora ko‘rildi
2026-02-17 19:15:00 / Yangiliklar
Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor reyd tadbirlari davomida Uzun tumani hududida qonunbuzarlik holati aniqlandi.

Xususan, reyd jarayonida o‘tin ortib harakatlanayotgan transport vositasi to‘xtatilib, tekshirildi. Tekshiruv natijasida mazkur o‘tinlar Uzun tumanida yashovchi A.J.ga tegishli ekanligi, u 4 tup terak daraxtini noqonuniy kesganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 79-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 25 barobari miqdorida, ya’ni 10 million 300 ming so‘m jarima tayinlandi.
Shuningdek, noqonuniy daraxt kesish oqibatida tabiatga 6 million 386 ming so‘m zarar yetkazilganligi hisoblandi. Huquqbuzar jami 16 million 686 ming so‘m to‘lashi belgilandi.

