Nurotada Qizilqum arxarlari soni barqarorlashdi
2026-02-17 11:10:00 / Yangiliklar

Qizilqum arxari zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan kenja tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil ro‘yxati hamda CITESning II Ilovasiga kiritilgan. Tog‘larning o‘rta va yuqori qismlarida (dengiz sathidan 500-2000 metr balandlikda) poda bo‘lib yashaydi. Qishda tog‘ etaklari va vodiylarga tushadi.
Bu hayvonlar mavsumiy ko‘chadi, aprel-may oylarida bolalaydi. Asosan, o‘tsimon o‘simliklar bilan oziqlanadi. Yil fasllari, kun vaqti, ob-havo va ozuqa sharoitiga, antropogen ta'sir darajasiga ko‘ra tog‘ yonbag‘irlarining turli balandliklarida notekis uchraydi. Aynida damda Nurota davlat qo‘riqxonasida Qizilqum arxarlarining soni 1700-1800 atrofida bo‘lib, ancha barqarorlashgan.
Ma'lumot uchun, Nurota davlat qo‘riqxonasi Jizzax viloyati Forish tumanida 1973-yil dekabr oyida tashkil etilgan bo‘lib, Nurota tog‘ tizmasining markaziy qismi va shimoliy yonbag‘irlarini qamrab oladi. Qo‘riqxona hududida 247 turdagi hayvon yashaydi, ulardan 31 turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.



