“Ugom-Chotqol” va “Chotqol”da hayvonlarning yashashi uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda
2026-02-16 14:50:00 / Yangiliklar

Jumladan, hududning Burchmullo-Alyam bo‘limi Ko‘lma, Via, Tokzor, Qurumzor, Ko‘ksu daryo bo‘ylari, Quriqsoy hamda Qulobsoy-Makarsoy bo‘limi Qulobsoy hududlarida hayvonlar uchun sun’iy ozuqa maydonlari yaratilib, 60 kg tuz, 200 kg kepak va 600 kg pichan (beda) mahsulotlari qo‘yib chiqildi.
Shuningdek, bog‘ning Ozodbosh-Xumson bo‘limi Mramorsoy, Qamovsoy va Uchbuloq hududlarida 125 kg tuz, 180 kg arpa, 200 kg kepak va 400 kg tabiiy pichan katta xarsang toshlar orasi va tag qismidagi quruq joylarga, daraxtlarning atroflariga qo‘yildi.
Qolaversa, bog‘ning Sargardon bo‘limi Hudoydod va Hazanak hududlarida jami 125 kg tuz, 180 kg arpa, 160 kg kepak va 40 dona (550 kg) tabiiy pichan mahsulotlari hayvonlar uchun qulay joylarga qo’yildi.
Bundan tashqari, Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasida ham biotexnik tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, navbatdagi tadbirlar davomida hayvonlar uchun sun’iy ozuqa maydonlari hosil qilinib, belgilangan qulay hududlarga 80 kg arpa, 100 kg pichan va 50 kg tuz tarqatildi.
Biotexnik tadbirlar davom ettirilmoqda.




