"Yuqori To‘palang"da oq boshli qumoy parvoz qilmoqda
2026-02-13 10:20:00 / Yangiliklar

Oq boshli qumoy zaif, qisqarib borayotgan, o‘troq, mozaik tarqalgan nominal kenja tur hisoblanadi. U O‘zbekiston Qizil kitobi, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil ro‘yxati hamda CITESning II Ilovasiga kiritilgan. Bu qush yirtqich qushlar turkumiga mansub bo‘lib, asosan, tog‘ va tog‘oldi hududlarida, ochiq qoyali joylarda uchraydi. O‘ziga xos tashqi ko‘rinishi — oq rangga yaqin patlari va yalang‘och sariq rangli boshi bilan ajralib turadi.
Oq boshli qumoy tabiatda sanitar vazifasini bajaradi — asosan, o‘lik hayvonlar qoldiqlari bilan oziqlanib, atrof-muhit tozaligini saqlashga muhim hissa qo‘shadi.
Ma'lumot uchun, "Yuqori Toʻpalang" milliy tabiat bogʻi 2022-yilning 4-mart kuni Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tashkil etilgan.



