Iqlimga chidamli suv resurslarini boshqarishda xalqaro hamkorlik muhim ekanligi ta’kidlandi
2026-02-12 14:45:00 / Yangiliklar

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Shveytsariyaning "Caritas Switzerland" tashkiloti, Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida tashkil etildi. Unda milliy idoralar va xalqaro hamkorlar tomonidan loyiha doirasida erishilgan natijalarni baholash hamda kelgusidagi vazifalarni belgilashga e'tibor qaratildi.
Tadbirda nutq so‘zlagan Ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov hamda Shveytsariya elchixonasi missiya rahbari o‘rinbosari, hamkorlik bo‘limi rahbari Andrin Fink O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishda iqlimga chidamli suv resurslarini boshqarish hamda xalqaro hamkorlikning ahamiyati tobora ortib borayotganini ta’kidladilar.
Shuningdek, 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan Yillik operatsion reja loyihasi muhokama qilinib, uni milliy ekologik ustuvor yo‘nalishlar hamda uzoq muddatli suv barqarorligi maqsadlariga moslashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Yakunda navbatdagi NSC yig‘ilishiga oid dastlabki takliflar kelishib olindi. Shuningdek, hamkorlarning O‘zbekistonda iqlimga chidamlilikni kuchaytirish hamda barqaror suv resurslarini boshqarishni rivojlantirishga qaratilgan umumiy majburiyatlari yana bir bor tasdiqlandi.







