Xorazmda daraxt kesish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlandi
2026-02-04 16:30:00 / Yangiliklar

Xususan, Xiva tumani ekologiya bo‘limi hamda viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan reyd davomida "Gandimyon" mahallasi hududida fuqaro A.K. tomonidan 4 tup xar xil turdagi kam qimmatli daraxtlarni noqonuniy ravishda kesilganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari (10 million 300 ming so‘m) miqdorida jarima tayinlandi hamda tabiatga 9 million 888 ming so‘m zarar yetkazilganligi ma'lum bo‘ldi. Huquqbuzardan jarima va zarar undirilishi belgilandi.
Shuningdek, Qo‘shko‘pir tumani ekologiya bo‘limi tomonidan olib borilgan reydda “Yoshlik” mahallasi hududida yashovchi fuqaro Sh.J. tomonidan 9 dona Jiyda daraxti ildiz qismidan kesib tashlanganligi ma’lum bo‘ldi. Huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 10 million 300 ming so‘m miqdorida jarima va 44 million 496 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi.
Reyd tadbirlari davom etmoqda.
