"Surxon"da noyob hayvonlar soni ko‘paymoqda
2026-01-27 10:30:00 / Yangiliklar
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tasarrufidagi "Surxon" davlat qo‘riqxonasi xodimlari tomonidan morxo‘r tasvirga olindi.

Ta'kidlash joizki, qo‘riqxonada hayvonlar soni ortib bormoqda. Xususan, 2024-yil bahorgi sanoq vaqtida morxo’rlar soni 805 bosh, Buxoro tog‘ qo’ylari 119 boshni tashkil etgani, kuzgi sanoqda esa morxo’rlar 812 bosh, Buxoro tog‘ qo’ylari esa 120 boshga yetgani aniqlandi.
Shuningdek, morxo‘rlar 2025-yil bahorida 893 boshga va kuzda 981 boshga, Buxoro tog‘ qo’ylari esa bahorda 129 boshga, kuzda esa 137 boshga yetgani ma'lum bo‘ldi.
Ma'lumot uchun, morxo‘r butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi, TMXI Qizil ro‘yxati hamda CITESning I Ilovasiga kiritilgan.
