Tungi reyd: issiqxonalarda ekologik standartlarga amal qilish borasida zarur ko‘rsatmalar berilmoqda
2026-01-26 17:30:00 / Yangiliklar
Maxsus komissiya tomonidan atmosfera havosi ifloslanishining oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi tungi reyd davomida Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 14 ta issiqxona o‘rganildi. O‘rganish davomida “Ramadan” MFY hududidagi fuqaro X. K.ga tegishli issiqxonada o‘rnatilgan filtr nosoz ekanligi aniqlandi. Holat yuzasidan MJtKning 95-moddasi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Kamchiliklar joyida bartaraf etildi.
Shuningdek, ishchi guruh tomonidan issiqxonalar egalariga faoliyati davomida atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish zarurligi bo‘yicha tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi.
Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.


