Nosoz filtrdan foydalanayotgan issiqxonalarga chora ko‘rilmoqda
2026-01-23 20:00:00 / Yangiliklar
Maxsus komissiya tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumani "Istiqlol", "Bodomzor" MFYlarda joylashgan issiqxonalarda ekologik reyd o‘tkazildi.

O‘rganish davomida “Istiqlol” MFY hududida joylashgan fuqaro B. Z.ga tegishli hamda “Bodomzor” MFY hududida joylashgan fuqaro X. U.ga tegishli issiqxonalarning filtrlari nosoz ekanligi aniqlandi. Har ikki holat yuzasidan MJTKning 95-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Ma'lumot uchun, avvalroq Zangiota tumanida 14 ta issiqxona faoliyati o‘rganilgan va filtri nosoz issiqxonalar aniqlangandi.
Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.



