Qirg‘ovul va chiyabo‘ri fotoqopqon kadrlarida
2026-01-21 11:00:00 / Yangiliklar

Urg‘ochi qirg‘ovullar rang-barang emas, tanasi jigarrang va dog‘li bo‘ladi. Bu ranglar ularni tabiatda yaxshi yashiradi. Ochiq dalalar, butazorlar, o‘rmon chetlari va qishloq xo‘jaligi hududlarida yashaydi. Don, urug‘lar, hasharotlar, mayda o‘simliklar bilan oziqlanadi. Qirg‘ovullar juda ehtiyotkor qush, xavf sezsa, tez yuguradi yoki qisqa masofaga uchib ketadi. Bahor-yoz oylarida yerga uya qiladi, ko‘payadi.
Chiyabo‘ri esa yovvoyi sutemizuvchi hayvon bo‘lib, Markaziy Osiyo (jumladan, O‘zbekistonning ayrim hududlari)da yashaydi. Asosan o‘limtiklar bilan oziqlanadi va tabiatda qisman tozalovchi vazifasini bajaradi.
Ma'lumot uchun, Xorazm milliy tabiat bog‘i Xorazm viloyatining Urganch, Yangibozor, Xiva, Xonqa va Tuproqqal'a tumanlarida joylashgan bo’lib, 2019-yil 14-dekabrda tashkil topgan. Hududda 260 tur hayvonot dunyosi mavjud. Shundan 68 turi O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Eng ko'p uchraydigan hayvonlar chiyabo'ri, qirg'ovul, yovvoyi o'rdak, yumronqoziq, tolay tovushqoni (quyon), qora qarg'a va dala chumchuqlaridir.

