Toshkent dengizida qishki hisob: qariyb 9,5 ming suv qushi aniqlandi
2026-01-20 10:45:00 / Yangiliklar
18-yanvar kuni O‘zbekistonda Qushlarni muhofaza qilish jamiyati tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Suvda suzuvchi qushlarning xalqaro qishki hisoboti (IWC) doirasida Tuyabo‘g‘iz suv omborida 28 turga mansub 9 449 ta qush qayd etildi.

Ro'yxatga olingan qushlar orasida O‘zbekiston Qizil kitobiga va Xalqaro Qizil kitobga kirgan turlar ham bor. Bu holat mazkur suv ombori ko‘chib yuruvchi qushlarning qishni o‘tkazishi va oziqlanishi uchun naqadar zarur maskan ekanligini ko‘rsatib beradi.
Hisoblash davomida eng ko‘p uchragan turlar:
chag’alay – 4 918 ta;
yovvoyi o‘rdak – 1 331 ta;
qashqaldoq – 820 ta.
Shuningdek, suv havzasida Xitoy o‘rdagi, qorabosh baliqchi va suqsunlar ham qayd etildi.
Hisob natijalari shuni yaqqol ko‘rsatadiki, qish davrida suv havzalarida tinch hududlarni saqlab qolish suvda suzuvchi qushlar va ularning yashash muhitini muhofaza qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.









