Ekologiya masalalari bo‘yicha yangilangan "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi loyihasi muhokama qilindi
2026-01-17 12:00:00 / Yangiliklar

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida erishilgan ulkan natijalar, yangi ustuvor vazifalar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etayotgani, mamlakatimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotiga daxldor bo‘lgan ushbu hujjat keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilib, aholimizning fikr-mulohazalari asosida takomillashtirilishi zarurligini ta’kidlagan edi.
Takomillashtirilayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida amalga oshiriladigan ishlar va kelgusi rejalar ham o‘rin olgan.
Tadbirda Strategiyada belgilab berilgan vazifalarga to’liq amal qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi islohotlarni izchil davom ettirish borasida zarur ko’rsatmalar berildi.




