O‘zbekistonda "Wiki Loves Earth" xalqaro fototanlovi boshlandi
2024-05-17 15:15:00 / Yangiliklar
Bu yil jahonning 40 ta davlati qatorida O‘zbekiston ham ikkinchi bor ishtirok etadi. Respublika bosqichi oʻzbekzabon Vikimediachilar guruhi tomonidan ruscha "Wikigid" hamjamiyati aʼzolari bilan birgalikda "Wikimedia" jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishlari vazirligi koʻmagida tashkil etildi.
Tanlov ikki yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: peyzaj va makro suratga olish (hayvonlar, o‘simliklar, qo‘ziqorinlar). Mahalliy miqyosda 10 tagacha g'olib aniqlanadi. Keyin xalqaro hakamlar hay'ati har bir nominatsiya bo'yicha 10 tadan ko'p bo'lmagan 20 tagacha fotosuratni tanlaydi. Xalqaro miqyosda TOP 20 talikka kirish uchun har bir muallifdan ikkitadan ko‘p bo‘lmagan surat tanlanadi.
Tanlovda ishtirok etish shartlari bilan havola orqali tanishib, tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Tanlov natijalariga ko‘ra ishtirokchilar internet-do‘konda xarid qilish uchun vaucherlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.