“Dolzarb 20 kunlik” tozalik tadbirlarida hududlar 335 ming tonna chiqindidan tozalandi
2026-01-11 13:20:00 / Yangiliklar
Xabaringiz bor, “Yangi yil” bayrami munosabati bilan 2025-yil 20-dekabrdan 2026-yilning 10-yanvariga qadar respublika bo‘ylab “Dolzarb 20 kunlik” tozalik tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir davomida sanitar tozalash korxonalari tomonidan barcha mahalla va aholi yashash hududlarini ozoda saqlash, bayram kunlari chiqindilar to‘planib qolishini oldini olish maqsadida qattiq maishiy chiqindilardan tozalandi.
Jumladan, 20 kun davomida:
- Tozalash ishlariga 106 ta sanitar tozalash korxonasi jalb etildi;
- 54 447 ta MFY hududlari tozalandi;
- Jarayonlarga 134 525 nafar xodim hamda 39 346 ta maxsus texnika safarbar qilindi;
- Hududlardan 334 982 tonna qattiq maishiy chiqindi olib chiqib tozalandi.
Ta’kidlash joizki, bu kabi tozalik tadbirlari atrof-muhitni toza saqlash va hududlarda ekologik vaziyatni yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
