"Green University" yangi magistratura dasturiga hujjatlar qabul qilish yakunlanmoqda
2026-01-09 11:30:00 / Yangiliklar

Yangi dastur ekologiya fanlari va tadqiqotlari, ekologik tahlil hamda bilimlarni boshqarish va innovatsiyalar sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Ta’lim ingliz tilida olib boriladi, o‘qish muddati — 2 yil, boshlanishi — 2025/2026-o‘quv yilining qishki semestri. O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga "Eco-Analyst, Research and Teaching Specialist" malakasi beriladi.
O‘qishga kirish uchun IELTS 6.0 yoki CEFR B2 sertifikati yoki universitetning ichki kirish imtihonini muvaffaqiyatli topshirish talab etiladi.
Hujjatlar qabul qilish 2026-yil 12-yanvar kuni soat 17:00 da yakunlanadi.
Arizani universitetning quyidagi rasmiy sayti orqali topshiring:https://greenuniversity.uz/en/apply/main
Qo‘shimcha ma’lumotlarni qabul komissiyasining elektron pochta manzili va telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
Ekologiya fanlari va iqlim tadqiqotlari rivojiga o‘z hissangizni qo‘shish hamda yangi magistratura dasturining bir qismi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
