Asosiy kontentga o'tish

Chirchiq daryosida moratoriy talablarini buzgan huquqbuzarlarga chora ko‘rildi

2024-05-15 12:40:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Sirdaryo suv havzasi shoʻbasi hamda Chinoz tuman Ekologiya boʻlimi xodimlari tomonidan Chinoz tumani hududida nazorat tadbirlari oʼtkazildi.

Tadbir davomida fuqarolar B.R. va K.S.lar tomonidan noqonuniy tarzda Chirchiq daryosining "Rasulobod" MFY hududidan oqib oʻtuvchi qismi oʻng qirgʻogʻida qum-shagʻal aralashmasi qazib olinib, yuk mashinasiga ortilayotganligi ma'lum bo‘ldi. 

Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 70prim 1-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarlarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari — 10 million 200 ming soʻmdan jarima belgilandi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 14-sonli farmoniga asosan, 1-maydan boshlab Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilingan.  Moratoriy davrida qum-shag‘al materiallarini noqonuniy qazib olish natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 10 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi. 

Ekologiya vazirligi va vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan noqonuniy qum-shag’al materiallarini qazib olishga qarshi doimiy reyd tadbirlari olib borilmoqda. Bu boradagi har qanday huquqbuzarlik qat’iy jazolanadi!

134