AQSh kompaniyasi bilan chiqindilarni boshqarish sohasida samarali hamkorlik yo’lga qo’yiladi
2024-05-13 11:20:00 / Yangiliklar
Unda vazirlikning Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi rahbari Sharifbek Hasanov, "Biologic International LLC" kompaniyasi boshqaruvchi hamkori Keshav Rajpal va “Saviday" kompaniyasi hamkori Sean McEllinlar ishtirok etdi.
Uchrashuv doirasida delegatsiya mas'ul vakillari tomonidan kompaniyalar faoliyati xususida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, chiqindilarni boshqarish, qayta ishlash va undan energiya olishga qaratilgan faoliyat yuzasidan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga doir istiqbolli loyihalar yuzasidan so‘z yuritildi.
Shuningdek, bioetanol va biometan ishlab chiqarish uchun organik chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash, organik chiqindilarni saralash kabi qator masalalar ham muhokama qilindi.
Qolaversa, mamlakatimizda investorlar uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar, ayniqsa, chiqindilarni boshqarish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va soliq imtiyozlari xususida kompaniya vakillariga batafsil ma’lumotlar berildi.
Yakunda samarali hamkorlik o’rnatish va kelgusida yirik loyihalarni birgalikda amalga oshirish borasida kelishuvga erishildi.