Rasmiy munosabat
2025-12-17 16:00:00 / Yangiliklar
O‘rganish davomida murojaatda ta’kidlangan hudud Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani Sayid ovul, Baxt MFY hududidan oqib o‘tuvchi ochiq suv havzasi ekanligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan tungi va kunduzgi reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Nazorat tadbirlari davomida 1994-yilda tug‘ilgan, O‘rta Chirchiq tumani G‘. G‘ulom MFYda yashovchi fuqaro T.L. o‘z xonadonida hosil bo‘lgan chiqindi suvlarni avtotransport vositasida olib kelib, mazkur hududga to‘kayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi. Ushbu holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 72-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 2 060 000 so‘m miqdorida jarima chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, huquqbuzarning avtotransport vositasi vaqtincha O‘rta Chirchiq tumani jarima maydonchasiga joylashtirildi.
