Atmosfera havosini ifloslantirishga qarshi qaratilgan reyd tadbirlari davom etmoqda
2025-12-17 15:00:00 / Yangiliklar

Reyd tadbirlari Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yuqorichirchiq, Yangiyo‘l, Toshkent tumanlari hamda Toshkent shahrida amalga oshirildi. Tadbirlar davomida Bosh prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Ichki ishlar idoralari xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
25 noyabr – 16 dekabr kunlari o'tkazilgan tezkor reyd tadbirlari davomida jami 3 493 ta obyektda atmosfera havosini muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga rioya etilishi o‘rganildi. O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 1 047 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, ma’muriy ish hujjatlari rasmiylashtirildi. Atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatgan va qonun talablarini buzgan 104 ta obyektning (shundan Toshkent viloyatida 94 ta, Toshkent shahrida 10 ta) faoliyati vaqtincha 10 ish kuniga to‘xtatildi.
Shuningdek, 84 ta issiqxona obyektida filtrlar o‘rnatildi.
Ma’lumot o'rnida, 16 dekabr kuni o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 24 ta huquqbuzarlik holati aniqlangan.
Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.




