Samarqand viloyatida havo ifloslanishi bilan bog‘liq 100 dan ortiq qonunbuzarlik aniqlandi
2025-12-11 17:00:00 / Yangiliklar

Jumladan, 1–10-dekabr kunlari Samarqand viloyatida Ekologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratov rahbarligida tegishli tashkilot va idoralar vakillaridan tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan kompleks nazorat reydlari o‘tkazildi. Tadbirlar yakuniga ko‘ra aniqlangan ekologik qonunbuzarliklar bo‘yicha amaldagi qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rilmoqda.
Tadbirlarning asosiy maqsadi atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish va aholining hayoti uchun qulay sharoit yaratishdir.
Samarqand viloyati hududida o‘tkazilgan reydlar davomida 101 ta huquqbuzarlik aniqlandi. Ular asosida Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning turli moddalari bo‘yicha jami 161 916 000 so‘m miqdorida jarimalar qo‘llanilgan.
Ekologik nazorat tadbirlari davom etmoqda.


