O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan tabriklaymiz!
2025-12-08 09:00:00 / Yangiliklar
Ayniqsa, yangilangan Konstitutsiyada atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidlash joiz. Unda davlatga tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va hozirgi hamda kelajak avlodlar uchun ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha aniq majburiyatlar yuklangan. Shuningdek, har bir fuqaroning tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi ham konstitutsiyaviy burch sifatida belgilangan.
Ushbu qutlug‘ sana bilan barchani samimiy muborakbod etamiz! Har bir xonadonda tinchlik, farovonlik, toza va musaffo hayot tilaymiz. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz barqaror kelajak uchun tabiatni asrashga xizmat qilsin!
Aziz Abduhakimov boshchiligidagi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi jamoasi
