Havoni ifloslantirayotgan sanoat korxonasi rahbariga chora ko’rildi
2025-12-06 13:00:00 / Yangiliklar

Jumladan, Yashnobod tumanida joylashgan "TEXNOPARK" MCHJ ga tegishli cho'yan quyish sexining atmosfera havosiga zararli ta'siri ishchi guruh tomonidan o'rganildi. O'rganish davomida ushbu sanoat korxonasida chang-gaz tozalash uskunasi mavjudligi, biroq ushbu tozalash uskunasi belgilangan meyorlardan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarayotganligi ma’lum bo’ldi. Shuningdek, bu borada hech qanday ekologik ekspertiza xulosasi berilmaganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan korxona rahbariga belgilangan tartibda chora ko’rilib, atmosfera havosini ifloslantirayotganligi sababli qo'shimcha to'lovlar hisoblandi.
Bundan tashqari, sanoat korxonasiga atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarning oldini olish, avtomatik stansiyalar o'rnatish va ekologik ekspertiza xulosasi olinishi yuzasidan majburiy ko'rsatmalar berildi.



