Atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlarga chora ko‘rilmoqda
2025-12-05 11:45:00 / Yangiliklar

Xususan, 4-dekabr kuni Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspektsiyasi (Ekopolitsiya) tomonidan Bosh prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yuqori Chirchiq, Yangiyo‘l, Toshkent tumanlari va Toshkent shahrida ekologik nazorat tadbirlari amalga oshirildi. Reydlar natijasida jami 23 ta huquqbuzarlik aniqlandi.
Shuningdek, tadbir boshidan jami 3008 ta obyektning atmosfera havosini muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga qay darajada rioya qilayotgani o‘rganildi.
25 noyabr — 4 dekabr kunlari o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida:
— 779 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi va ma’muriy ish hujjatlari rasmiylashtirildi;
— atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatgan va qonun talablarini buzgan
75 ta (Toshkent viloyatida 66 ta, Toshkent shahrida 9 ta) obyekt faoliyati 10 ish kuniga vaqtincha to‘xtatildi;
— 36 ta issiqxona obyektlarida filtrlar o‘rnatildi.
Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.


