Konstitutsiya — atrof-muhit muhofazasining eng ishonchli himoyasi!
2025-12-04 16:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda yangilangan Konstitutsiyada aynan atrof-muhitni muhofaza qilishga alohida e'tibor qaratilgani, xususan, 9-bobda insonlarning ekologik huquqlari mustahkamlab qo‘yilganligi qayd etildi. Qolaversa, Bosh qomusimizning 9 ta normasi ekologiyaga bag‘ishlangan.
Bundan tashqari, yangi tahrirdagi Konstitutsiya qabul qilinayotganda fuqarolardan 12000 dan ziyod takliflar bildirilgani va inson manfaatlari birinchi o‘ringa qo‘yilgani qayd etildi. Buning samarasi o‘laroq Konstitiutsiyada “inson – jamiyat – davlat” tamoyilining ustuvorligi aks etgan va fuqarolarning barcha huquqlari mustahkamlab qo‘yilgan.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi davlat suverenitetining ramzi ekanligi, unga ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchi ekanligi ta’kidlandi.







