Jamoatchilik kengashi faolligi eʼtirof etildi
2025-12-01 17:00:00 / Yangiliklar
Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida davlat organlari huzuridagi Jamoatchilik kengashlarining anʼanaviy Respublika forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda Ekologiya vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zoari ham munosib qatnashdi.

Forum doirasida 2024-yil avgust oyidan 2025-yil oktabr oyiga qadar davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring yakunlariga ko‘ra yuqori natija qayd etgan kengashlar qatorida Ekologiya vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi ham eʼtirof etilib, Jamoatchilik kengashi faoliyatini samarali tashkil qilganligi va yil davomida ko‘rsatgan faolligi uchun tasahkkurnoma bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida Jamoatchilik kengashi raisi Natalya Shivaldova mamlakatimizda ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarda jamoatchilik kengashi a’zolarining, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining ham muhim hissasi bo‘layotganligini alohida taʼkidladi.

