Toshkent tumanida filtr o’rnatmagan va nosoz filtrdan foydalanayotgan issiqxonalarga chora ko’rildi
2025-11-30 20:15:00 / Yangiliklar
Maxsus komissiya tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan 29-noyabrdan 30-noyabrga o’tar kechasi Toshkent viloyati Toshkent tumanida issiqxonalar faoliyati o’rganishga qaratilgan tungi reyd tadbirlari o’tkazildi.

Reyd davomida 2 ta issiqxona filtrsiz ishlayotganligi, hamda nosoz filtrdan foydalanayotgan issiqxonalar aniqlandi. Shuningdek, 4 ta issiqxonaning filtri nosoz ekanligi ma’lum bo’ldi. Holat yuzasidan obyekt egalariga kerakli choralar ko’rildi hamda filtr o’rnatish zarurligi, filtrsiz faoliyat yuritish noqonuniy ekanligi hamda atmosferaga katta zarar yetkazishi borasida tushuntirish-targ’ibot ishlari olib borildi.
Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
