5 kunning eng muhim voqealari:
2025-11-28 20:25:00 / Yangiliklar
– Konferensiyaning rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi.
– Markaziy Osiyoning yovvoyi o‘simlik va hayvonot olamini asrash bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi.
– Yuqori darajadagi muloqotda kamyob turlarni muhofaza qilish bo‘yicha innovatsion yechimlar muhokama qilindi.
– Markaziy Osiyo davlatlari barqaror landshaftlarni asrash va yirtqich mushuk turlarini muhofaza qilish bo‘yicha kuchlarni birlashtirishini ma’lum qildi.
– Yovvoyi tabiat obyektlarining noqonuniy savdosiga qarshi kurashishda mintaqaviy hamkorlikning ustuvor choralarini muhokama etildi.
– O‘zbekiston va Qozog‘iston sayg‘oqni muhofaza qilishdagi yangi tahdidlarni ko‘rib chiqdi.
– Qimmatli landshaftlarni integratsiyalashgan boshqarish va tiklash bo‘yicha yangi loyiha ishga tushirildi.
– CAWLN mintaqaviy ekologik tashabbusi taqdim etildi.
– O‘zbekistonning ekologik o‘zgarishlar atlasi taqdim etildi.
– O‘zbekistonning suv-botqoq hududlarni saqlash bo‘yicha Ramsar strategiyasi taqdim qilindi.
