Havoni ifloslantirayotgan obyektlar faoliyati to‘xtatilmoqda
2025-11-27 20:30:00 / Yangiliklar
Maxsus komissiya tomonidan 26-noyabr kuni Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar xodimlari ishtirokida Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yuqorichirchiq, Yangiyo‘l, Toshkent tumanlari hamda Toshkent shahrida tungi reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Reyd davomida tabiatni va atmosfera havosini muhofaza qilishga oid qonunchilik talablarini buzilishi bilan bog‘liq 240 ta huquqbuzarlik aniqlandi va 6 ta obyekt faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
24–26 noyabr kunlari o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida:
— 362 ta huquqbuzarlik aniqlandi;
— atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatgan 57 ta (Toshkent viloyatida 48 ta, Toshkent shahrida 9 ta) obyekt faoliyati 10 ish kuniga vaqtincha to‘xtatildi.
Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.





