Atrof-muhitga zarar yetkazayotgan yuk transport vositalariga chora ko‘rildi
2025-11-26 20:00:00 / Yangiliklar
Reyd davomida yuk mashinalarda ekologik talablarga rioya qilinayotganligi, xususan, tashilayotgan yuklarning brezent yoki boshqa qalin material bilan yopilganligi tekshirilmoqda.
Ma'lumot uchun, yo‘l harakati qoidalarining 162-bandida avtotransport vositalarining ochiq yuk tashish platformalarida, issiq asfalt, yirik gabaritli va og‘ir yuklardan tashqari, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, shuningdek, to‘kiladigan boshqa yuklarni tashishda yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan yopilgan bo‘lishi lozim.
Reyd davomida yuqoridagi qoidalarga rioya qilmagan va natijada atrof-muhit ifloslanishiga sabab bo‘layotgan yuk transport vositalari haydovchilariga tegishli choralar ko‘rildi va tushuntirish ishlari olib borildi.
Barcha haydovchilardan yuk tashishda yo‘l harakati va ekologik qoidalarga qat’iy rioya qilish so‘raladi.
