Markaziy Osiyo mamlakatlari barqaror landshaftlar va yirik mushuk turlarini himoya qilish uchun birlashmoqda
2025-11-24 15:30:00 / Yangiliklar

Unda Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi va O‘zbekistonning ekologiya sohasi rahbarlari, BMTTD rahbariyati vakillari va xalqaro hamkorlar ishtirok etdi. Tadbirda global majburiyatlarga muvofiq bioxilma-xillikni saqlash va iqlim oʻzgarishiga qarshi barqaror rivojlanish sohasida Markaziy Osiyoning roli ortib borayotgani ta’kidlandi.
“Bu uchrashuv Markaziy Osiyo mintaqasi uch tomonlama global inqirozning tobora kuchayib borayotgan tahdidlariga duch kelayotgan, sheriklikni mustahkamlash va qo‘shma yondashuvlarni ishlab chiqish, ayniqsa, dolzarb bo‘lgan o‘ta muhim pallada o‘tmoqda. Ekologik muammolar davlat chegaralarini tan olmasligini unutmaslik kerak. BMT tizimidagi muassasalar ekotizimlar barqarorligini oshirishga qaratilgan qator tashabbuslarni amalga oshirib, Markaziy Osiyoda mintaqaviy ekologik hamkorlikni mustahkamlashda muhim rol o‘ynashda davom etmoqda”, — deya taʼkidladi Aziz Abduhakimov.
Tadbirda Markaziy Osiyo landshaftlaridagi ekotizimlar holatining muhim ko‘rsatkichlari bo‘lgan qor qoploni, sayg‘oq, qulon va Old Osiyo qoplonini tog‘ turlari sifatida himoya qilish muhim ekanligi tasdiqlandi. Muhokamalar chog‘ida CITES doirasidagi xalqaro shartnomalar va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha boshqa ko‘p tomonlama bitimlarni tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha maxsus chora-tadbirlarga aylantirish dolzarb ekanligi ta’kidlandi.
“Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorlik xalqaro majburiyatlarni haqiqiy harakatlarga aylantirish mumkinligini isbotlamoqda, — dedi BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii. — Qor qoplonlari va barqaror tog‘ ekotizimlarini himoya qilish nafaqat ekologik ustuvor vazifa, balki mahalliy jamoalar farovonligi va mintaqaning barqaror rivojlanishi kalitidir”.
Uchrashuv mamlakatlarga yagona mintaqaviy ovozni yaratish, boshqa ko‘p tomonlama tabiatni muhofaza qilish bitimlari bilan muvofiqlashtirishni kuchaytirish, yovvoyi tabiatning qonuniy, barqaror va shaffof savdosi borasida siyosiy bayonotlardan amaliy harakatlarga o‘tishni tezlashtirish kabi imkoniyatlar yaratdi.
Boshqa yondashuvlar qatorida, GEF mablag‘larini dasturlashning mintaqaviy yondashuvi Markaziy Osiyoning tog‘li, dasht va cho‘l hududlarida landshaftlar bog‘liqligini mustahkamlash va ekotizimlarni tiklashga, asosiy turlarni saqlab qolishga, iqlim va yerdan foydalanishni rejalashtirishda ekologik yechimlarni birlashtirishga, hayvonlar yashash joylarining yoʻq qilinishi, inson va yovvoyi tabiat o‘rtasidagi ziddiyatlarni kamaytirish maqsadida yovvoyi tabiat uchun qulay infratuzilmani yaratishga ko‘maklashishga, innovatsion moliyalashtirish mexanizmlari, jumladan, bioxilma-xillikni ijobiy qayd qilish tizimlari, maqsadli jamg‘armalar va mintaqaviy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishga, transchegaraviy ekologik yo‘laklar yaratish, yovvoyi tabiatni birgalikda kuzatish va bilim almashish orqali mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratiladi.








