Yil boshidan beri O‘zbekistonda chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlash bilan bog‘liq salkam 10 ming holat aniqlandi
2025-11-13 11:45:00 / Yangiliklar

3714 ta holatda huquqbuzarlar transport vositalaridan chiqindi tashlagan. Mazkur huquqbuzarliklar 2232 ta holatda tegishli tartibda jazoga tortilgan bo‘lib, yana 7585 ta holatga chora ko‘rilmoqda.
Eng ko‘p huquqbuzarliklar quyidagi hududlarda sodir etilgan:
— Andijon viloyati — 3001 holat;
— Namangan viloyati — 2937 holat;
— Farg‘ona viloyati — 1645 holat;
— Samarqand viloyati — 981 holat;
— Toshkent viloyati — 434 holat;
— Surxondaryo viloyati — 250 holat;
— Sirdaryo viloyati — 144 holat;
— Toshkent shahri — 121 holat;
— Xorazm viloyati — 117 holat;
— Navoiy viloyati — 99 holat;
— Qashqadaryo viloyati — 70 holat;
— Jizzax viloyati — 16 holat;
— Buxoro viloyati — 2 holat.
Jarima belgilangan holatlar (2232 ) bo‘yicha umumiy summa 956 million 887 ming so‘mni tashkil qiladi.
Onlayn kuzatuv kameralari nafaqat chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlash va chora ko‘rish imkonini beradi.


