Sava qushlarini noqonuniy ovlagan huquqbuzar sud oldida javob beradi
2025-11-11 12:00:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

Parkent tumani Qizil tosh shaharchasi togʻli hududida olib borilgan reyd davomida fuqaro R.A. tomonidan 8 dona qorabosh sava qushi noqonuniy tarzda toʻr yordamida ovlanayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 4-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Holatga qonuniy berish uchun toʻplangan hujjatlar Jinoyat ishlari boʻyicha Parkent tuman sudiga yuborildi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda noyabr oyi brakonyerlikka qarshi kurash oyligi deb e'lon qilindi. Bunda noqonuniy ov holatlariga qarshi kurash va bu boradagi targ‘ibot-tashviqot ishlari kuchaytiriladi.



